Ishlab chiqilmoqda, pilot fermalar qidiryapmiz
Har bir molingiz foyda keltiryaptimi?
Ishchingiz molxonada Telegram botga 2–3 tugma bilan yem, vazn, sut va veterinariya qaydlarini kiritadi. Siz har bir molning tannarxi va foydasini, ombordagi yem qoldigʻini koʻrasiz.
Hisob daftarda boʻlsa, pul qayerga ketganini bilish qiyin
Tannarx nomaʼlum
Mol sotilganda pul tushadi, lekin unga qancha yem, dori va ish haqi ketganini hech kim aniq aytolmaydi. Qaysi mol zarar keltirgani koʻrinmaydi.
Ombordan yem yoʻqoladi
Kelgan va berilgan yem solishtirilmaydi. Kamomad oylar oʻtib, yem tugaganda bilinadi.
Daftar va Excelʼda chalkashlik
Har kim oʻzicha yozadi: biri daftarga, biri telefonga, biri Excelʼga. Oy oxirida raqamlar bir-biriga toʻgʻri kelmaydi.
Ishchi yozadi, dastur hisoblaydi, siz koʻrasiz
- 1
Ishchi botda kiritadi
Yem berdi, vazn oʻlchadi, sut sogʻdi yoki emladi — Telegram botda 2–3 tugma bosadi.
- 2
Dastur hisoblaydi
Yem qaysi partiyadan olingan boʻlsa, oʻsha narxda hisoblanadi. Ish haqi va elektr kabi umumiy xarajatlar mollarga taqsimlanadi.
- 3
Siz hisobotni koʻrasiz
Web panelda har bir molning foyda-zarari, ombor qoldigʻi va ogohlantirishlar.
Ishchingiz uchun bir necha tugma, xolos
Ishchi guruhni va miqdorni tanlaydi, keyin tasdiqlaydi. Xato boʻlsa, yozuvni 10 daqiqa ichida bekor qila oladi.
- Kiritiladi: yem, vazn, sut, jun va veterinariya tadbirlari
- Xato yozuv 10 daqiqa ichida bekor qilinadi
- Bir odam bir nechta fermada ishlay oladi, masalan, veterinar
Qaysi mol foyda, qaysi biri zarar — bir qarashda
Web panelda har bir mol boʻyicha xarajat, sotuv va foyda. Ombordagi yem hisobda qancha va sanalganda qancha chiqqani yonma-yon.
Fermaga kerak hisoblar bir joyda
Guruh boʻyicha yem
Yem qoʻra yoki suruvga beriladi va guruhdagi mollarga taqsimlanadi.
Yem partiyalari
Har xil narxda kelgan yem aralashmaydi: har bir partiya oʻz narxida hisoblanadi (FIFO).
Vazn, sut va jun
Tortish, sogʻim va jun qirqim qaydlari. 1 kg vazn oʻsishi va 1 litr sut tannarxi.
Veterinariya va karens
Emlash va davolash qaydlari. Karens davri tugamaguncha goʻsht va sut haqida ogohlantiradi.
Eslatmalar
Emlash, kuyikish, tugʻish va davlat birkasi muddati.
Umumiy xarajatlar
Ish haqi, elektr va boshqa umumiy xarajatlar mollarga taqsimlanadi.
Soʻm va dollar
Xarajat va sotuvni soʻmda ham, dollarda ham kiritish mumkin.
Bir nechta ferma
Bir odam bir nechta fermada ishlay oladi, masalan, veterinar.
Hayvonlarni identifikatsiya qilish endi majburiy
2025-08-06 dagi OʻRQ-1079-son «Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida»gi Qonunga koʻra, hayvonlar identifikatsiya qilinishi shart. Dastur birka muddatlarini faqat eslatadi.
Dastur davlat tizimi bilan bogʻlanmagan.
Qonun matni: lex.uzEslatmalar
namunaQaysi fermalar uchun
Qoramol, qoʻy, echki, ot va tuya boqadigan fermalar.
Boʻrdoqi
Har bir molning yem tannarxi va 1 kg vazn oʻsishi necha soʻmga tushgani.
Sut
Sogʻim qaydlari va 1 litr sut tannarxi.
Qoʻy-echki
Suruv boʻyicha yem va jun qirqim qaydlari.
Naslchilik
Kuyikish, tugʻish, emlash va birka muddatlari eslatmalari.
Savol-javob
Ishchi Telegram botda 2–3 tugma bosadi: masalan, guruhni va miqdorni tanlab, tasdiqlaydi.
Ishchi xato yozuvni 10 daqiqa ichida oʻzi bekor qila oladi.
Qoramol, qoʻy, echki, ot va tuya.
Yoʻq. Dastur davlat tizimi bilan bogʻlanmagan. U faqat birka muddatlarini eslatadi.
Oʻzbek (lotin), rus va ingliz tillarida.
Narx va ishga tushish sanasi hali belgilanmagan. Dastur ishlab chiqilmoqda, hozir pilot fermalarni qidiryapmiz.
Pilot fermalardan biri boʻling
Dastur ishlab chiqilmoqda. Qoramol, qoʻy, echki, ot yoki tuya boqadigan fermalarni pilotga taklif qilamiz. Telegramda yozing yoki qoʻngʻiroq qiling.
Investor va hamkorlar uchun
Raqamli chorva — Oʻzbekistondagi kichik va oʻrta chorvachilik fermalari uchun bulutli ERP va analitika (SaaS). Ikki interfeys: ishchilar uchun Telegram bot va egalar uchun web panel. Asosiy hisob-kitob: yem partiyalari boʻyicha FIFO tannarx va ombor kamomadini aniqlash. Hozirgi bosqich: ishlab chiqish va pilot fermalarni tanlash.
Telegramda bogʻlanish